Murod Nazarov «Nurafshon business city»ga tashrif buyurdi.

7 avgust kuni “Nurafshon business city”da Toshkent viloyati hokimi Mirzaev Z.T. “Aqlli shahar” konsepsiyasini hayotga tatbiq etishni jadallashtirish maqsadida Respublikamizdagi yirik qurilish kompaniyalaridan biri Murad Buildings asoschisi Murod Nazarov ishtirokida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyatda zamonaviy tadbirkorlik va turar-joy markazlarini tashkil etish bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilandi.
Yig‘ilishda “NRG” kompaniyasi rahbari Qodir Ahmedov, viloyat hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va ushbu masala bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi. Uchrashuvga taklif etilgan kompaniyalarda “Nurafshon business city” kontseptsiyasiga katta qiziqish bildirildi.
Yig‘ilishda bugungi kunda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.